Wolt planshet va printeringizdagi muammolarni hal qilish
To‘xtab qolish vaqtini kamaytirish va buyurtmalar uzluksiz kelishini ta’minlash uchun Wolt planshet va printeringizda eng koʻp uchraydigan muammolarni tezda hal qiling.

Umumiy koʻrinish
- Qurilmalaringizni doimo yangilab turing
- Planshet yangilanishlarini qanday tekshirish mumkin
- Merchant App yangilanishlarini iPad'da qanday tekshirish mumkin
- Merchant App yangilanishlarini Android qurilmada qanday tekshirish mumkin
- Keng tarqalgan Wolt plansheti muammolari
- Keng tarqalgan printer muammolari
- Muhim
- Yakuniy maslahat
Gavjum soatlarda muammosiz ishlash uchun Wolt planshet va printeringiz uzluksiz faoliyat koʻrsatishi lozim. Bu qoʻllanma sizni eng koʻp uchraydigan muammolarni tezda hal qilishga yoʻnaltiradi, shunda mijozlarga xizmat koʻrsatishni kechiktirmasdan davom etishingiz mumkin.
Qurilmalaringizni doimo yangilab turing
Muammolarni bartaraf etishdan oldin planshetingizning operatsion tizimi va Wolt Merchant ilovasi eng so‘nggi versiyada ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Yangilanishlar koʻpincha xatolarni tuzatadi, unumdorlikni yaxshilaydi va muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Planshet yangilanishlarini qanday tekshirish mumkin
Qurilmangizda Sozlamalarni oching.
Umumiy (iPad) yoki Tizim (Android) ga rukniga kiring.
Dasturiy taʼminotni yangilash yoki Tizimni yangilash ruknini tanlang.
Agar yangilanish mavjud boʻlsa, oʻrnatish koʻrsatmalariga rioya qiling.
Merchant App yangilanishlarini iPad'da qanday tekshirish mumkin
iPad qurilmangizda Kompaniya ilovalariga kiring.
Merchant App Lite ruknini tanlang.
Qizil Yangilash tugmasini bosing.
Oʻrnatilgach, yashil rangdagi Oʻrnatilgan yorligʻi chiqadi.
Merchant App yangilanishlarini Android qurilmada qanday tekshirish mumkin
Google Play Marketni oching.
Merchant Lite ilovasini qidiring.
Ilova sahifasini oching va Yangilash tugmasini bosing.
Yangilanish tugashini kuting.
Keng tarqalgan Wolt plansheti muammolari
Batareya juda tez tugayapti
Yechim: Planshet buyurtmalarni qabul qilishga tayyor bo‘lishi uchun har doim zaryadlovchiga ulangan holda tursin.
Planshet yoqilmayapti / quvvatlanmayapti
Yechim:
Zaryadlovchini boshqa qurilma bilan yoki planshetni boshqa zaryadlovchi bilan sinab koʻring.
Planshetingiz bilan birga berilgan rasmiy zaryadlovchidan foydalaning.
Zaryadlash qurilmangiz buzilgan boʻlsa, almashtirish uchun rasmiy zaryadlovchini sotib olishingiz kerak.
Agar planshet shunda ham quvvatlanmasa, yordam uchun mahalliy Merchant Team jamoasi bilan bog‘laning.
Planshet internetga ulanmayapti
Yechim:
Sozlamalarni oching
Wi-Fi'ga kiring.
Yuqorida Wi-Fi yoniq ekanini tekshiring.
Agar yoniq boʻlsa: Mavjud tarmoqlar roʻyxatini koʻrasiz. SIM kartaga oʻtish uchun (agar planshetingiz bu imkon boʻlsa) Wi-Fi'ni oʻchirib koʻring.
Agar oʻchiq boʻlsa: Uni yoqing va Wi-Fi tarmogʻingizga ulaning. Kerak boʻlsa, parolni kiriting.
Planshet qotib qoldi yoki javob bermayapti (qayta tiklash)
iPad: Apple logotipi paydo boʻlguncha Home tugmasi + Power tugmasini birga ushlab turing, soʻng qoʻyib yuboring.
Android: Ekran qora rangga kirib, Android logotipi paydo boʻlguncha Power tugmasi + Ovozni pasaytirish tugmasini bir vaqtning oʻzida 7-10 soniya ushlab turing.
Keng tarqalgan printer muammolari
Printer boʻsh qogʻozni chop etyapti
Yechim:
Termal qogʻoz teskari yuklanganligini tekshiring. Uni olib tashlang, aylantiring va qayta yuklang.
Oddiy chek qogʻozi emas, balki termal qogʻozdan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.
Printer qizil chiroqni koʻrsatmoqda 🔴
Yechim:
Printerda qog‘oz tugagan. Termal qogʻozni qayta yuklang.
Agar qogʻoz yuklangan boʻlsa ham chiroq qizil boʻlib tursa, toʻgʻri kiritish uchun uni olib tashlang va qayta yuklang.
Printer chop etmayapti
Yechim:
Printer yoniqligiga ishonch hosil qiling.
Planshetda Sozlamalar → Bluetooth rukniga o‘ting va yoniqligini tekshiring.
Printeringiz Ulangan sifatida koʻrsatilishiga ishonch hosil qiling. Aks holda, qayta ulanish uchun printer nomiga teging.
Merchant App ilovasida:
☰ Menyu → Sozlamalar → Printer sozlamalari → Ulanish
ruknini oching.
Agar printer shunda ham ishlamasa, uni elektr tarmogʻidan uzing, bir necha soniya kuting va qayta ulang.
Muhim
Baʼzi mamlakatlar boshqacha planshet, printer yoki ulanish sozlamalaridan foydalanishi mumkin. Agar bu qadamlar qurilmangizga mos kelmasa yoki muammo davom etsa, Merchant Portal orqali Yordam xizmatiga murojaat qiling. Mahalliy jamoamiz tezda ishga qaytishingizga yordam beradi.
Yakuniy maslahat
Planshetingizni zaryadlangan holda saqlash, dasturiy taʼminotni yangilash va termal qogʻozni toʻgʻri yuklash koʻp muammolarning oldini oladi. Agar biror narsa ishlamasa, qayta tiklash yoki qayta ulanish odatda muammoni hal qiladi. Aks holda, Merchant Portalda Merchant Yordam xizmatiga murojaat qilish kifoya.