Wolt savdo egasining toʻlov hisobotlari boʻyicha qoʻllanma
Wolt savdo egasining toʻlov hisobotlari va umumiy toʻlov savollariga bevosita izoh.

Umumiy koʻrinish
- Hisobotlaringizga izoh
- Hisobotlarimni qanday yuklab olishim mumkin?
- Toʻlovim kechiksa nima boʻladi?
- Bank hisobingizni yangilash kerakmi?
- Yana savollaringiz bormi?
Wolt’da aniqlik muhim, ayniqsa, gap ter toʻkib topgan pulingiz haqida ketganda. Bu hisobotlarning barchasi nimani anglatishini hech oʻylab koʻrganmisiz? Bu qoʻllanma toʻlov hisobotlarini tezda tushunishga va umumiy toʻlov savollarini ortiqcha atamalarsiz hal qilishga yordam beradi.
Hisobotlaringizga izoh
Nimani koʻrayotganingizni bilgach, hisobotlaringiz ham tushunarli boʻladi. Qisqa tavsif:
Wolt invoys: Bu Wolt sizga taqdim etgan hisob boʻlib, unga komissiyalar, tegishli yetkazish va xizmat koʻrsatish toʻlovlari, kampaniya xarajatlari, platforma toʻlovlari, jihozlar uchun toʻlov va hokazolar kiradi.
Savdo egasi invoysi: Siz (savdo egasi) tomonidan Wolt’ga berilgan, Wolt bevosita biznesingizdan sotib olgan tovarlar roʻyxati (agar Wolt tovarlarni mijozlarga qayta sotayotgan boʻlsa amal qiladi) va toʻlovlarni qoplash uchun hisob-kitob.
Toʻlov hisoboti: Buni maoshingiz deb hisoblang. Bu Wolt va savdo egasi invoyslaridagi maʼlumotlarning qisqacha mazmuni va umumiy sof toʻlovingizni koʻrsatadi.
Savdo hisoboti: QQS va tegishli toʻlovlarni oʻz ichiga olgan holda sotuvingiz haqida aniq maʼlumot beradi.
Aytaylik, sotuv orqali 1 million soʻm ishlab topdingiz, Wolt invoysida 300 ming soʻm komissiya koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. Savdo hisoboti sof sotuvlaringizni 700 ming soʻm deb tasdiqlaydi va toʻlov hisobotingiz bu sizga keladigan miqdor ekanligini tasdiqlaydi.
Hisobotlarimni qanday yuklab olishim mumkin?
Juda oson! Quyidagi amallarni bajaring:
Merchant Portalga kiring
Roʻyxatdan biznesingizni tanlang
Chap paneldagi “Toʻlov hisobotlari”ga kiring
Yuklab olmoqchi boʻlgan toʻlov hisobotini tanlang
Ekranning oʻng tomonidagi uchta nuqtani bosing
“Hujjatlarni yuklab olish” ruknini tanlang
Tayyor – oddiy, tez va istalgan vaqtda foydalanish mumkin.
Toʻlovim kechiksa nima boʻladi?
Xavotirlanishdan oldin bularni bilib oling:
Toʻlovlar odatda 3-5 ish kuni ichida keladi
Bank tranzaksiya toʻlovlari toʻlov miqdorini biroz oʻzgartirishi mumkin
Agar 5 kundan keyin ham toʻlovingiz kelmasa:
Avval bevosita bankingiz bilan gaplashing
Agar bankingiz mablagʻni olmagan boʻlsa, Wolt Yordam xizmatiga murojaat qiling
Biz buni zudlik bilan hal qilishga yordam beramiz.
Bank hisobingizni yangilash kerakmi?
Bank maʼlumotlarini oʻzgartiryapsizmi? Tashvishlanmang:
Toʻgʻri Wolt Yordam xizmati bilan bogʻlaning
Kompaniyangiz nomi, biznes ID va bank hisob raqamini koʻrsatadigan aniq bank koʻchirmasi yoki onlayn bank tizimi skrinshotini taqdim eting.
ℹ️ Bankga oid oʻzgarishlar odatda bir necha kun davom etadi, ishingizni shunga qarab rejalashtiring.
Yana savollaringiz bormi?
Boshqa yordam kerak boʻlsa, doim xizmatingizdamiz. Merchant Portal orqali Wolt Yordam xizmatiga murojaat qiling va muammolarni tezda hal qilishga yordam beramiz.